0
YouTube HTML5ni sinab ko`rmoqda.
Kuni kecha YouTube video portali o`zida HTML5
ni sinab ko`rishni boshladi. HTML bu internetda juda keng qo`llaniladigan bog`lama tillaridan biri hisoblanadi. HTML5ning oldingi versiya(HTML4
)dan farqli jihatlari quyidagilar:
- Yangi leksik tahlil qoidalarining joriy qilinganligi;
- Yangi elementlar qo`shilganligi - section, article, footer, audio, video, progress, nav, meter, time,aside, canvas, hgroup
- Yangi kirituv elementlarining joriy qilinganligi - sana va vaqt, email, url, search
- Yangi atributlar kiritilganligi - ping (on a and area), charset (on meta), async (on script)
- Global atributlarning qo`llanilishi - id, tabindex, hidden, data-*
- Eskirgan elementlarning olib tashlanganligi — center, font, strike.
Demak, HTML5ning YouTubeda ko`zga tashlangan asosiy xususiyati bu Adobe Flash
video plaginini ishlatilmasligidir. Ya'ni tomashabin hech qanday qo`shimcha veb vositalarsiz videoni tamosha qila olishidir. Ushbu loyiha hali demo darajasida bo`lganligi bois, bir qancha kamchiliklar ham ko`zga tashlanadi: ya'ni, video sifatining pastligi, video kontrol tugmalarining kamligi, barcha vebrouzerlarda (hozircha Google chrome va Apple Safarida ishlaydi) ishlamasligi kabi. Shunga qaramay videoni yuklash tezligi Adobe Flash playerga qaraganda ancha yuqoriligini sezasiz.
O`ylaymizki, YouTube
boshlab bergan HTML5 loyihasi 2010-yilda keng ommalashadi va insonlarning internetdan foydalanishi yanada qulaylashadi.