2
Veb brauzer nima?
Bugun Sizga havola etilayotgan 1 daqiqali video "veb-brauzer" haqida. Komputerda endi ishlashni boshlayotganlar va internet olamiga kirib kelayotganlar uchun veb brauzer haqida sodda bir video. Video ingliz tilida bo‘lib, o‘zbek tilida subtitr bilan ta'minlangan.
Veb brauzer haqida batafsil Farhodjon o‘z blogida to‘xtalib o‘tgandi, lekin nimagadir veb saytni ochish imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, Googlening saqlab olingan sahifasidan quyidagilarni ko‘chirib olishga muvaffaq bo‘ldim:
Veb brauzer haqida batafsil Farhodjon o‘z blogida to‘xtalib o‘tgandi, lekin nimagadir veb saytni ochish imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, Googlening saqlab olingan sahifasidan quyidagilarni ko‘chirib olishga muvaffaq bo‘ldim:
Web browser — inglizcha so‘z bo‘lib, “vebni ko‘zdan kechiruvchi”, “vebni ko‘rib chiquvchi” ma’nolarini beradi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa “браузер” kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham “brauzer” so‘zini ishlataqoldik. Turk tilida “Ağ tarayıcısı” kabi tarjimasi mavjud. “web” so‘zi esa “World Wide Web”(butunjahon to‘ri — WWW) ning qisqa ma’nodagi ko‘rinishi.
Veb brauzer butunjahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlashadi: fayllar ro‘yxatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to‘rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi — ma’lum qoidalar bo‘yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko‘rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma’lumotlarini, turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
(© Farhodjon Chinberdiyev.)
Bugungi kunda, asosan, internet explorer va mozilla firefox brauzerlari keng qo`llaniladi va foydalanuvchilari ulushiga qarab mos holda 1-chi va 2-chi o‘rinlarni egallaydi.
Lekin brauzer bozoriga endi kirib kelayotgan Google Chrome tez vaqt ichida Apple Safaridan o‘zib 3-o‘rinda bormoqda va veb sahifalarni ochish tezligi bo`yicha ajralib turadi.
Endi esa video:
Endi esa video: