0

Google Voice - Google telefon xizmati

Bugungi blogimda men Google shirkati taklif etayotgan xizmatlaridan biri "Google Voice" (o`zb. "Google Ovoz") xizmati haqida yozmoqchiman. Google tomonidan 2009-yil 11-martida ishga tushirilgan ushbu xizmat internet orqali mijozlarga  telekommunikatsiya xizmatlarini taklif qiladi va u bepul. Hozircha, Google Voice AQShda yashovchi Google foydalanuvchilari uchundir va faqat unga takliflar orqali yozilishingiz mumkin. Foydalanuvchilar yashayotgan shtati va shahriga mos mahalliy chaqiruv raqamini tanlashlari mumkin. (Masalan, Baltimore, MD -410-, -443-). Demak, qisqacha aytganda, Google sizga raqam beradi va ushbu raqamga siz o`zingizda mavjud telefon raqamlarini (mobil, uy, ish) ro`yxatga olasiz. Keyin esa, Google raqamga qilingan barcha qo`ng`iroqlarni ushbu telefonlarga yo`naltiradi. Yana bir quvonarli xususiyati bu bepul SMS xizmatidir. Hozircha faqat AQShdagi telefon raqamlariga yuborish mumkin bo`lgan ushbu xizmat o`ylaymizki keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlari uchun ham yo`lga qo`yiladi. Lekin O`zbekistonning ba'zi mobil shirkatlari abonentlari yuborgan SMSni qabul qilsa bo`larkan.


Keling, endi Google Voice taklif qilayotgan xizmat xususiyatlarini bir sanab o`taylik:

  • Foydalanuvchining boshqa telefonlariga yo`naltiruvchi yagona Google raqami
  • AQSh va Kanadaga bepul qo`ng`iroqlar va SMS xizmati
  • Xalqaro qo`ng`iroq qilish xizmati (O`zbekistonga $0.08-$0.09/min) 
  • Chaqiruvchini aniqlash: Qo`ng`iroqqa javob berishdan oldin chaqirayotgan raqamni e'lon qilish yoki noma'lum raqamli chaqiruvchilar shaxsini so`rash
  • Javob berishdan avval chaqiruvhchining yozilgan xabarini o`qish
  • Ma'lum qo`ng`iroqlarni ta'qiqlash
  • SMSni onlayn yuborish, saqlash va qabul qilish
  • Telefon chaqiruvlarini istalgan telefonda (Google Voiceda ro`xatga olingan) qabul qilish
  • Chaqirvni yo`naltirish: Raqamga mos tanlangan telefonda javob berish
  • Ovozli xabarlarni yozma shakli (Ingliz tilida). Ularni onlayn saqlash va o`qish
  • Ovozli xabarlarni telefondan yoki internetdan eshitish
  • Ovozli xabarlar haqida SMS yoki Email orqali eslatma
  • Chaqiruv raqamiga mos shaxsiy xabar ("greeting")
  • Ovozli xabarlarni boshqa raqamlarga yo`naltirish yoki komputerga yuklab olish
  • Konferens aloqa
  • Chaqiruvlarni yozib olish va onlayn arxivlash
  • Chaqiruv mobaynida telefon (apparat)larni almashtirish
  • Kontaktlarni guruhlash xususiyati
  • Raqamni ma'lum to`lov evaziga almashtirish imkoni. 
Shuningdek, Google o`z mobil raqamini saqlab qolmoqchi bo`lgan foydalanuvchilar uchun ham Google Voicening ba'zi cheklangan xizmatlaridan foydalanish imkoni beradi (faqat mobil telefonlar uchun).
Shunday qilib, Google taklif qilayotgan xizmatlar va mahsulotlar ko`lami kengayib bormoqda. Keyingi bloglarimdan birida Googlening yangi telefoni Nexus One haqida mulohazalarimni qoldiraman.

AQShda yashovchilar mana bu linkdan Google Voicega taklif so`rashlari mumkin.
Yangilanish: Google Voicega a'zo bo`lish ochiq va erkin!

| Email orqali yuboring

0 ta fikr

© 2009 Toshev.net. |Original dizayn muallifi:Laptop Geek.