2

Veb brauzer nima?

Bugun Sizga havola etilayotgan 1 daqiqali video "veb-brauzer" haqida. Komputerda endi ishlashni boshlayotganlar va internet olamiga kirib kelayotganlar uchun veb brauzer haqida sodda bir video. Video ingliz tilida bo‘lib, o‘zbek tilida subtitr bilan ta'minlangan.

Veb brauzer haqida batafsil Farhodjon o‘z blogida to‘xtalib o‘tgandi, lekin nimagadir veb saytni ochish imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, Googlening saqlab olingan sahifasidan quyidagilarni ko‘chirib olishga muvaffaq bo‘ldim:

Web browser — inglizcha so‘z bo‘lib, “vebni ko‘zdan kechiruvchi”, “vebni ko‘rib chiquvchi” ma’nolarini beradi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa “браузер” kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham “brauzer” so‘zini ishlataqoldik. Turk tilida “Ağ tarayıcısı” kabi tarjimasi mavjud. “web” so‘zi esa “World Wide Web”(butunjahon to‘ri — WWW) ning qisqa ma’nodagi ko‘rinishi. 
Veb brauzer butunjahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlashadi: fayllar ro‘yxatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to‘rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi — ma’lum qoidalar bo‘yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko‘rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma’lumotlarini, turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
(© Farhodjon Chinberdiyev.)

Bugungi kunda, asosan, internet explorer va mozilla firefox brauzerlari keng qo`llaniladi va foydalanuvchilari ulushiga qarab mos holda 1-chi va 2-chi o‘rinlarni egallaydi.
Lekin brauzer bozoriga endi kirib kelayotgan Google Chrome tez vaqt ichida Apple Safaridan o‘zib 3-o‘rinda bormoqda va veb sahifalarni ochish tezligi bo`yicha ajralib turadi.

Endi esa video:


Ushbu postning doimiy linki | Email orqali yuboring
1

Google Docs Haqida Lo`nda


Ushbu postning doimiy linki | Email orqali yuboring
0

Google Voice - Google telefon xizmati

Bugungi blogimda men Google shirkati taklif etayotgan xizmatlaridan biri "Google Voice" (o`zb. "Google Ovoz") xizmati haqida yozmoqchiman. Google tomonidan 2009-yil 11-martida ishga tushirilgan ushbu xizmat internet orqali mijozlarga  telekommunikatsiya xizmatlarini taklif qiladi va u bepul. Hozircha, Google Voice AQShda yashovchi Google foydalanuvchilari uchundir va faqat unga takliflar orqali yozilishingiz mumkin. Foydalanuvchilar yashayotgan shtati va shahriga mos mahalliy chaqiruv raqamini tanlashlari mumkin. (Masalan, Baltimore, MD -410-, -443-). Demak, qisqacha aytganda, Google sizga raqam beradi va ushbu raqamga siz o`zingizda mavjud telefon raqamlarini (mobil, uy, ish) ro`yxatga olasiz. Keyin esa, Google raqamga qilingan barcha qo`ng`iroqlarni ushbu telefonlarga yo`naltiradi. Yana bir quvonarli xususiyati bu bepul SMS xizmatidir. Hozircha faqat AQShdagi telefon raqamlariga yuborish mumkin bo`lgan ushbu xizmat o`ylaymizki keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlari uchun ham yo`lga qo`yiladi. Lekin O`zbekistonning ba'zi mobil shirkatlari abonentlari yuborgan SMSni qabul qilsa bo`larkan.


Keling, endi Google Voice taklif qilayotgan xizmat xususiyatlarini bir sanab o`taylik:

  • Foydalanuvchining boshqa telefonlariga yo`naltiruvchi yagona Google raqami
  • AQSh va Kanadaga bepul qo`ng`iroqlar va SMS xizmati
  • Xalqaro qo`ng`iroq qilish xizmati (O`zbekistonga $0.08-$0.09/min) 
  • Chaqiruvchini aniqlash: Qo`ng`iroqqa javob berishdan oldin chaqirayotgan raqamni e'lon qilish yoki noma'lum raqamli chaqiruvchilar shaxsini so`rash
  • Javob berishdan avval chaqiruvhchining yozilgan xabarini o`qish
  • Ma'lum qo`ng`iroqlarni ta'qiqlash
  • SMSni onlayn yuborish, saqlash va qabul qilish
  • Telefon chaqiruvlarini istalgan telefonda (Google Voiceda ro`xatga olingan) qabul qilish
  • Chaqirvni yo`naltirish: Raqamga mos tanlangan telefonda javob berish
  • Ovozli xabarlarni yozma shakli (Ingliz tilida). Ularni onlayn saqlash va o`qish
  • Ovozli xabarlarni telefondan yoki internetdan eshitish
  • Ovozli xabarlar haqida SMS yoki Email orqali eslatma
  • Chaqiruv raqamiga mos shaxsiy xabar ("greeting")
  • Ovozli xabarlarni boshqa raqamlarga yo`naltirish yoki komputerga yuklab olish
  • Konferens aloqa
  • Chaqiruvlarni yozib olish va onlayn arxivlash
  • Chaqiruv mobaynida telefon (apparat)larni almashtirish
  • Kontaktlarni guruhlash xususiyati
  • Raqamni ma'lum to`lov evaziga almashtirish imkoni. 
Shuningdek, Google o`z mobil raqamini saqlab qolmoqchi bo`lgan foydalanuvchilar uchun ham Google Voicening ba'zi cheklangan xizmatlaridan foydalanish imkoni beradi (faqat mobil telefonlar uchun).
Shunday qilib, Google taklif qilayotgan xizmatlar va mahsulotlar ko`lami kengayib bormoqda. Keyingi bloglarimdan birida Googlening yangi telefoni Nexus One haqida mulohazalarimni qoldiraman.

AQShda yashovchilar mana bu linkdan Google Voicega taklif so`rashlari mumkin.
Yangilanish: Google Voicega a'zo bo`lish ochiq va erkin!

Ushbu postning doimiy linki | Email orqali yuboring
0

YouTube HTML5ni sinab ko`rmoqda.

Kuni kecha YouTube video portali o`zida HTML5 ni sinab ko`rishni boshladi. HTML bu internetda juda keng qo`llaniladigan bog`lama tillaridan biri hisoblanadi. HTML5ning oldingi versiya(HTML4)dan farqli jihatlari quyidagilar:
  • Yangi leksik tahlil qoidalarining joriy qilinganligi;
  • Yangi elementlar qo`shilganligi - section, article, footer, audio, video, progress, nav, meter, time,aside, canvas, hgroup
  • Yangi kirituv elementlarining joriy qilinganligi - sana va vaqt, email, url, search
  • Yangi atributlar kiritilganligi - ping (on a and area), charset (on meta), async (on script)
  • Global atributlarning qo`llanilishi - id, tabindex, hidden, data-* 
  • Eskirgan elementlarning olib tashlanganligi — center, font, strike.
Demak, HTML5ning YouTubeda ko`zga tashlangan asosiy xususiyati bu Adobe Flash video plaginini ishlatilmasligidir. Ya'ni tomashabin hech qanday qo`shimcha veb vositalarsiz videoni tamosha qila olishidir. Ushbu loyiha hali demo darajasida bo`lganligi bois, bir qancha kamchiliklar ham ko`zga tashlanadi: ya'ni, video sifatining pastligi, video kontrol tugmalarining kamligi, barcha vebrouzerlarda (hozircha Google chrome va Apple Safarida ishlaydi) ishlamasligi kabi. Shunga qaramay videoni yuklash tezligi Adobe Flash playerga qaraganda ancha yuqoriligini sezasiz.
O`ylaymizki, YouTube boshlab bergan HTML5 loyihasi 2010-yilda keng ommalashadi va insonlarning internetdan foydalanishi yanada qulaylashadi.

Ushbu postning doimiy linki | Email orqali yuboring
0

Google Chrome OT haqida bilishingiz kerak bo`lgan 11 narsa

Googlening yangi operatsion tizimi Chrome OS haqida bilishingiz kerak bo`lgan 11 narsa:
"PC Magazine" maqolasi. (ingliz tilida.)

Ushbu postning doimiy linki | Email orqali yuboring

© 2009 Toshev.net. |Original dizayn muallifi:Laptop Geek.